
Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
18.07.2025 | 10:1525232
Toshkentning Shayxontohur tumanida qurilish ishlari munosabati bilan Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och va Beruniy ko‘chalari orasidagi qismi 18 iyul soat 15:00 dan 21 iyul soat 06:00 gacha yopiladi. Shahar hokimligi bu davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.
Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartiriladi. Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘nalishlar quyidagicha o‘zgarmoqda:
34-son avtobus «Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor metro» yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
64-son avtobus «Paxtakor metro – Birlik mavzesi» yo‘nalishida Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali yo‘lga chiqadi.
87-son avtobus «Qora Qamish 2/4 – Chilonzor 30-daha» yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza orqali harakatlanadi.
116-son avtobus «Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor buyum bozori» ham Beruniy, Nurafshon va Ko‘kcha darvoza ko‘chalari orqali yo‘lga chiqadi.
131-son avtobus «Olimpiya mehmonxonasi – Do‘stlik-2 mavzesi» yo‘nalishida ham shu muqobil ko‘chalardan foydalanadi.
147-son avtobus «Chorsu savdo markazi – Chinni bozori» marshruti ham Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza orqali o‘z yo‘nalishini amalga oshiradi.
Ushbu avtobuslar qaytish yo‘nalishlarini o‘zgartirmaydi.





