add

UzAuto Motors Malibu-2 sotuvini qayta tikladi

16.09.2025 | 10:307742

Uch oylik tanaffusdan so‘ng Malibu-2 avtomobillari yana onlayn platforma orqali xarid uchun ochildi.

UzAuto Motors Malibu-2 sotuvini qayta tikladi
UzAuto Motors Chevrolet Malibu-2 sotuvini rasman qayta boshladi. Kompaniyaning UzAutoSavdo sayti va Telegram-botida MALBDB 9AT LTZ modeli 419 mln so‘m narxda taklif qilinmoqda. Mashina qora, oq va ko‘k ranglarda mavjud bo‘lib, yetkazib berish sanasi 30 noyabrga belgilangan. UzAuto Motors shu bilan birga Damas-2, Labo, Onix, Tracker-2, Captiva hamda yangi Tahoe-2 modellarini ham taklif etmoqda. Tahoe-2 narxi 1,46 mlrd so‘m etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprelida Malibu, Traverse va Tahoe modellari sotuvi vaqtincha to‘xtatilgan edi. Sababi barcha avtomobillar kontrakt qilingani aytilgan. Shuningdek, mart oyidan premium avtoxarid shartnomalarini rasmiylashtirishda ham tanaffus kuzatilgan. 29 may kuni Malibu XL sotuvi qayta ochilib, bor-yo‘g‘i 42 daqiqada yakunlangandi. 18 iyunda esa to‘lanmagan shartnomalar qayta savdoga qo‘yilib, Malibu-2 42 daqiqada tugagan edi.

Teglar

Mavzuga oid