Logo

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi

Bugun 22:201 daqiqa

Qurilishi 2030-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan loyihaning dastlabki qiymati 4,7 milliard dollarga baholanmoqda.

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi

Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasida 3 ta davlat hududidan o‘tadigan temiryo‘lning qurilish ishlari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekonomist nashri Qirg‘iziston Transport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
 
Ayni paytda qurilish maydonlarida tunnellar, ko‘priklar va temir yo‘l infratuzilmasining boshqa elementlari qurilishi davom etmoqda. Qirg‘iziston tomoni mahalliy mutaxassislarni jalb qilish, mahalliy qurilish materiallari va uskunalaridan foydalanish, shuningdek, tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlab qolish bo‘yicha ekologik talablar va choralarga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.
 
Muzokaralar yakunida tomonlar qurilishni tezlashtirish va temir yo‘lning o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash bo‘yicha birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib oldilar.
 
Ma’lumot uchun, temiryo‘l qurilishi 2024-yil 27-dekabrda boshlangan. 2025-yil dekabrida Bishkek shahrida loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kredit bitimi imzolangan. Loyiha doirasida 27 ta tunnel va 41 ta ko‘prik qurish rejalashtirilgan. Qurilish 2030-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 4,7 milliard dollarga baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid