add

Yer uchastkalarini sotish tartibi osonlashtirildi

06.09.2025 | 21:0046263

O‘zbekistonda yer uchastkalarini elektron auksionlar orqali sotish va kadastr xizmatlarini ko‘rsatish tartibi soddalashtirildi.

Yer uchastkalarini sotish tartibi osonlashtirildi
O‘zbekistonda yer uchastkalarini sotish va kadastr xizmatlari tartibi yangicha qoidalar asosida amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 4 sentyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlarida ajratiladigan yerlar ustidan nazorat kuchaytiriladi, ijara huquqi bilan olingan yerlarni birlashtirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, sanoat va yoshlar tadbirkorlik zonalarida investitsiya muhitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qarorga asosan, olis va cho‘l hududlarda tashkil etiladigan YOTZ (yoshlar tadbirkorlik zonalari) larda bo‘sh yerlar 2025 yil 5 sentyabrdan 1 so‘m narxida auksionga chiqariladi. Bu jarayon «Yerelektron» tizimi orqali amalga oshiriladi. Sanoat zonalari direksiyalari esa buyurtmachi sifatida belgilandi. Ko‘p qavatli turar joylar qurish uchun yer olgan tadbirkorlar loyihaoldi hujjatlarni 15 kunda tayyorlashi, ikki oyda loyiha ishlarini yakunlashi va uch oyda qurilishni boshlashi shart. Talablar bajarilmasa, yer belgilangan tartibda qaytarib olinadi va qayta savdoga chiqariladi. Shu bilan birga, barcha qurilish jarayonlari «Onlayn mahalla» platformasida monitoring qilinishi yo‘lga qo‘yiladi. Qaror kadastr xizmatlarini Agentlikning veb-sayti orqali ko‘rsatish va zarur hujjatlar ro‘yxatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni ham nazarda tutadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 4 sentyabrdan kuchga kirdi.

Teglar

Mavzuga oid