Logo

Ozarboyjon Turkmanistonga neft tankerini sovg‘a qildi

Tankerni topshirish marosimi Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Bokuga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Ozarboyjon Turkmanistonga neft tankerini sovg‘a qildi

Ozarboyjon Turkmanistonga “Do‘stlik” nomli neft tankerini sovg‘a qildi. Bu haqda “Turkmaniston” gazetasi xabar berdi.

 
Tankerni topshirish marosimi Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning Bokuga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.


Ma’lum qilinishicha, Turkmaniston va Ozarboyjon delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari yakunlangach, “Do‘stlik” neft tankerini topshirish marosimi o‘tkazilgan.

Ozarboyjon OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tanker Boku Shipyardda qurilgan. Kemaning uzunligi 141 metr, kengligi 16,9 metr, suvga tortish chuqurligi esa 4,54 metrni tashkil etadi.


Shuningdek, tankerning umumiy dedveyt sig‘imi 7 875 tonnaga teng. Mazkur kema ikki davlat o‘rtasidagi transport-logistika va energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid