Logo

Ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar ro‘yxati e’lon qilindi

Bugun 08:002 daqiqa

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari uchun mas’ul bo‘lgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar ro‘yxati e’lon qilindi

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari uchun mas’ul bo‘lgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Prezidentning 2026 yil 9-oktabrdagi farmonida keltirilgan ro‘yxatga ta’lim va ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar hamda yoshlar siyosati sohalaridagi idoralar kiritilgan.

Jumladan, Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Kasbiy ta’lim agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi va Bilim va malakalarni baholash agentligi shular jumlasidan.

Shuningdek, ro‘yxatdan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Klinik audit inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi joy olgan.

Fanlar akademiyasi, vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning tegishli vazifalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ham ro‘yxatga kiritilgan.

Farmonga muvofiq, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri mazkur idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosiga umumiy rahbarlik qiladi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasida 12 shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatini tashkil etish ham belgilangan.

Vazirlar Mahkamasida 12 nafar shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etiladi, uning 5 ta shtat birligi Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limidan, 7 ta shtat birligi esa Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining qayta tashkil etilishi hisobiga shakllantiriladi.

Teglar

Mavzuga oid