Logo

Zominda «Aydarko‘l» dam olish maskani 30 mln dollarga sotuvga qo‘yildi

Bugun 19:351 daqiqa

Dam olish maskaniga 100 foizlik ulush bilan «Milliy bank» egalik qiladi.

Zominda «Aydarko‘l» dam olish maskani 30 mln dollarga sotuvga qo‘yildi © Foto: e-auksion

«NBU Invest Group» AJ «Aydar-Arnasoy Resort Complex» MCHJ ustav fondidag 100 foizlik ulushi xususiylashtirish uchun auksionga chiqardi.

1

Ma’lumot o‘rnida, «NBU Invest Group» «Milliy bank» ta’sischiligida faoliyat yuritadi. Bankning asosiy aksiyadori esa davlat hisoblanadi.

2

E-auksion platformasida joylashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, lot tarkibiga 23,86 gektar yer maydoni hamda umumiy maydoni 13 835,38 kvadrat metr bo‘lgan bino kiritilgan. Obyekt Jizzax viloyati Forish tumani Egizbuloq MFY Hududi qishlog‘i, 913-uyda joylashgan bo‘lib, suv, elektr energiyasi, va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan.

3


Aktivning boshlang‘ich bahosi 363 mlrd so‘m etib belgilangan. Auksion savdolari 29-iyun kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

4

Shuningdek, g‘oliblarga savdo obyekti qiymatini 3 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Bunda obyekt sotilish bahosining kamida 15 foizi oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmasdan to‘lanishi lozim. Qolgan mablag‘ esa shartnoma imzolangan sanadan boshlab 3 oydan oshmagan muddatda to‘liq to‘lab beriladi.

Teglar

Mavzuga oid