add

Donald Tramp: O‘zbekiston AQSHga 10 yilda 100 mlrd dollar sarmoya kiritadi

AQSH Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston bilan imzolangan yangi bitim haqida gapirdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston AQSH iqtisodiga 10 yilda 100 milliard dollargacha sarmoya kiritadi.

Donald Tramp: O‘zbekiston AQSHga 10 yilda 100 mlrd dollar sarmoya kiritadi

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Amerika va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi savdo-iqtisodiy kelishuv haqida bayonot berdi. Ushbu kelishuv doirasida O‘zbekiston 2028 yilgacha AQSHdan taxminan 35 mlrdlik mahsulot sotib oladi va sarmoya kiritadi, keyingi o‘n yilda esa bu ko‘rsatkich 100 mlrd dollarдан oshishi kutilmoqda.

photo_2025-11-07 08.45.36

«Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi», deb yozdi Tramp.

Shuningdek, AQSH prezidenti O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik ham bildirdi.

«Men O‘zbekistonning yuksak hurmatga sazovor Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Muzokaralar samarali va do‘stona ruhda o‘tdi. Biz ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli va mustahkam hamkorlikni intizorlik bilan kutayapmiz», — deb yozdi Tramp.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston tomonidan mazkur kelishuv «C5+1» sammiti doirasida rasmiylashtirildi. Prezident Mirziyoyev sammit chog‘ida AQSH bilan transport, energetika, raqamli texnologiyalar va strategik xomashyo bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilishi, 3 yilda 34 mlrd dollarlik dastur joriy etilishini ma’lum qilgan edi.

Joriy kelishuv ikki davlat munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi, investitsiya va eksport salohiyatini mustahkamlashi kutilmoqda.

Avvalroq Vashingtondagi C5+1 sammiti doirasida Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasida yangi 787-9 Dreamliner samolyotlari uchun qat’iy shartnoma imzolangani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Donald Tramp: O‘zbekiston AQSHga 10 yilda 100 mlrd dollar sarmoya kiritadi | Vaqt.uz