Logo

JCH-2026. Fransiya va Norvegiya muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi, Mbappe va Holandda yana dubl

Bugun 09:141 daqiqa

I guruhida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

JCH-2026. Fransiya va Norvegiya muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi, Mbappe va Holandda yana dubl

Jahon chempionatida I guruhida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanib, deyarli 4soatdan so‘ng yakunlangan bahsda Fransiya (6) Iroq (0) darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. Mbappe dubl, Dembele gol+assist, Olise 2 ta assist qayd etdi. Bellashuv momaqlaldiroq va kuchli yomg‘ir sabab birinchi bo‘limdan so‘ng 2 soatga to‘xtatildi.

Guruhning ikkinchi bellashuvi gollarga boy bo‘ldi va unda Norvegiya (6) Senegalni (0) mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Vikinglardan Holand, afrikaliklardan Sarr dublga erishdi.

Shu tariqa bu guruhdan Fransiya va Norvegiya muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Senegal va Iroq so‘nggi turda 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

JCH-2026. I guruhi. 2-tur. 22-iyun
Fransiya — Iroq 3:0
Gollar:
Mbappe (14, 54), Dembele (66).
Fransiya — Menyan, Kunde (Gyusto, 83), Upamekano, Saliba, Din, Kone, Rabio, Olise (Sherki, 68), Dembele (Due, 68), Barkolya (Akliush, 83), Mbappe (Tyuram, 90+1).
Iroq — Basil, Ali, Tahsin (Sulaka, 60), Hoshim, Doski, Al Ammari (Sher, 68), Ismoil (Amin, 60), Bayish (Farji, 69), Iqbol, Qosim, Husayn (Al Hamadi, 26).
Ogohlantirish: Al Ammari (6).

Norvegiya — Senegal 3:2
Gollar:
Pedersen (43), Holand (48, 58) — I.Sarr (53, 90+3).
Norvegiya — Nyulan, Ryuerson (Pedersen, 13), Ayer, Heggem (Ostigor, 84), Volfe, Berge, Edegor, Eursnes (Berg, 46), Nusa (Shelderup, 71), Syorlot (Bobb, 84), Holand.
Senegal — Mendi (Diav, 63), Diatta, Kulibali (P.Sarr, 72), Niakpte, Diuf (Yakobs, 54), I.Guye, P.Guye (Mbaye, 54), I.Sarr, Kamara (Siss, 63), Mane.

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid

JCH-2026. Fransiya va Norvegiya muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi, Mbappe va Holandda yana dubl | Vaqt.uz