
31-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab iliq va nam ob-havo kutilmoqda
Ertaga respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir, tuman va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.

31-yanvar kuni mamlakatning aksariyat hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq, kunduzi +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +6...+11 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +6...+11 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq,kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -4...-9 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.





