add

Chanpeng Chao narxlar, memkoinlar va bozor sikllari haqida fikr bildirdi

24.01.2026 | 15:082 daqiqa

Binance asoschisi Bitkoin narxi 200 ming dollarga chiqishini kutmoqda, altkoinlar esa saralanishini ma'lum qildi

Chanpeng Chao narxlar, memkoinlar va bozor sikllari haqida fikr bildirdi

Binance birjasi asoschisi Chanpeng Chao (CZ) Xitoy hamjamiyati bilan o‘tkazilgan savol-javob sessiyasida kripto bozorining istiqbollari, altkoinlar va memkoinlar haqida o‘z fikrini bildirdi. WuBlockchain uning so‘zlarini to‘liq keltirmoqda.

"Supersikl" haqida

"Agar sikllarga qaraydigan bo‘lsak, bu yil ayiqlar bozori (kripto sohasida bu - bozor narxi pasayishini anglatadi) bo‘lishi mumkin edi. Lekin bu yil istisno bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. Buning eng asosiy sababi - AQSH siyosati hozirda bitkoin foydasiga shakllanayotgani. Bundan tashqari, AQSH prezidenti oraliq saylovlar oldidan fond bozorini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator choralar ko‘rishi mumkin."

U yana shuni qo‘shimcha qiladiki, agar AQSH fond bozori ko‘tarilsa, bu holat bitkoinning odatiy davriyligi va uning butun kripto bozoriga ta’siridan ham kuchliroq bo‘lishi mumkin. Bunda narxlar ham kriptoda yuqoriga ketishini ehtimoli oshadi.

Altkoinlarning o‘sishi haqida

"Uzoq muddatli istiqbolda kripto sanoatida faqat bitkoin mavjud bo‘la olmaydi. Hozirda minglab tangalar bor va yuzlab yirik tangalar ko‘pincha amaliy qo‘llanishga ega."

Chaoning aytishicha, kelajakda altkoinlarning yangi o‘sishi muqarrar, ammo aniq muddatlar va aktivlarni oldindan aytib bo‘lmaydi.

Memkoinlar haqida "global kazino" sifatida

"Ba’zi loyihalar [memkoinlarda] tokenlarni tezda sotib olib, narxni oshiradigan professional jamoalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Hech kim ma’lum bir tangani sotib olishga majbur emas, va bu yerda xatarlarni boshqarish juda muhimligini tushunish kerak."

Chao ta’kidlashicha, venchur fondlari (VC) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tangalar ham xavfsiz emas. Fondlar uchun foydani cheklangan vaqt ichida olish muhim, shuning uchun cho‘qqida asosiy xaridorlar ko‘pincha chakana investorlarga aylanadi.

Bitkoin narxi haqida

"Men har doim bitkoinga optimistik munosabatda bo‘lganman va vaqt o‘tishi bilan uning chegarasini topish qiyin deb o‘ylayman. 200 ming dollargacha o‘sish - bu vaqt masalasi."

Shu bilan birga, Chao aniq muddatlarni bashorat qila olmasligini ta’kidlaydi.

Teglar

Mavzuga oid