add

O‘zbekiston mamlakat brendi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar uchligiga kiritildi

10.06.2025 | 20:0045572

Brand Finance’ning Global Soft Power Index 2025 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda mamlakat brendi eng tez o‘sayotgan TOP 3 davlat qatoriga kirdi. Bu natija mamlakatdagi keng ko‘lamli islohotlar va xalqaro nufuzning ortishi bilan izohlanmoqda.

O‘zbekiston mamlakat brendi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar uchligiga kiritildi
Global Soft Power Index 2025 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakat brendi eng tez o‘sib borayotgan uchta davlatdan biri sifatida qayd etildi. Ushbu reyting dunyo miqyosidagi nufuzli Brand Finance tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. Reytingdagi yuqori natijalar mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan kompleks islohotlar samarasi sifatida baholanmoqda. Mamlakat brendining o‘sishi faqat tashqi siyosat bilan emas, balki ichki islohotlar, jamiyatdagi faol o‘zgarishlar va inson kapitalini rivojlantirish orqali ham ta’minlanadi. Hisobotda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z pozitsiyasini mustahkamlayotgan, nufuzli platformalarda o‘z ovozini faol eshittirayotgan va xorijiy investorlar uchun tobora jozibali mamlakatga aylanib borayotgan davlat sifatida e’tirof etilgan. Brand Finance qayd etishicha, 2025 yilgi ko‘rsatkichlar mamlakatning «yumshoq kuch» salohiyati ortib borayotganini, uning xalqaro imiji mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi. Bu natija mamlakatni mintaqaviy va global darajada raqobatbardosh etuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid