add

Qozog‘istonda harbiy vertolyot yo‘qolib qoldi

25.07.2025 | 19:4019272

Olmaotada Qozog‘iston Mudofaa vazirligiga tegishli uch nafar ekipaj a’zosi bor vertolyot yo‘qoldi. Mamlakat Mudofaa vazirligi Eurocopter EC 145 vertolyoti g‘oyib bo‘lganini tasdiqladi.

Qozog‘istonda harbiy vertolyot yo‘qolib qoldi
Qozog‘iston Mudofaa vazirligining uch nafar ekipaj a’zosi bilan parvoz qilayotgan vertolyoti Olmaota viloyatida aloqaga chiqmay qoldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. «25 iyul kuni Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti navbatchilik bo‘limiga Lugovoydan uchib ketgan, uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Mudofaa vazirligi vertolyoti Otar hududida aloqaga chiqmayotgani to‘g‘risida xabar keldi», - deya ta’kidlangan idora xabarida. Qayd etilishicha, Olmaota viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun hodisa joyiga darhol Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari hamda «Qozaviyaqutqaruv» vertolyoti jo‘natilgan. Mamlakat Mudofaa vazirligi Eurocopter EC 145 rusumli vertolyot yo‘qolganini tasdiqlagan. Harbiy idora qo‘shimcha qilishicha, voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun hodisa joyiga maxsus komissiya yo‘lga chiqqan.

Teglar

Mavzuga oid